Muallif: Gulnoz Xalliyeva
Qiyosiy adabiyotshunoslik yoki adabiy komparativistika ikki va undan ortiq adabiy hodisaning qiyoslanishiga asoslangan fan yo‘nalishidir. Xalqaro ijtimoiy, madaniy va adabiy aloqalar kundan kunga rivojlanayotgan zamonamizda qiyosiy adabiyotshunoslik kelajagi yorug‘ fan yo‘nalishlaridan biridir.