Muallif: Oybek Normurodov
Mazkur o‘quv qo‘llanma 60211400 – Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik) ta’lim yo‘nalishining “Aruz va musiqa” fani dasturi bo‘yicha tayyorlangan. Unda talabalarning aruz she’r tizimi vaznlarini aniq misollar yordamida amalda tahlil qila olish ko‘nikmasini shakllantirishga hamda mazkur vaznning musiqa bilan bog‘liqligini o‘rganishga qaratilgan. O‘quv qo‘llanma Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik), Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili), O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlarining talabalari, magistrantlari hamda shu soha yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarga mo‘ljallangan.