Muallif: jamoa
Jahon hamjamiyatining jadal rivojlanishi barcha sohalarda innovatsion yondashuvni talab etadi. Rivojlangan mamlakatlarda “ta’lim” barqaror taraqqiyotni ta’minlaydigan asosiy omil sifatida e’tirof etilib, xalqaro tashkilotlar hamda dunyoning aksariyat mamlakatlari tomonidan 2030 yilgacha belgilangan yangi ta’lim konsepsiyasida “ta’lim oluvchilarni hayotga tayyorlash, ta’lim sifatini baholash jarayoni va vositalarini takomillashtirish, erishilgan natijalarni aniqlash imkonini beruvchi mexanizmlarni amaliyotga joriy qilish” dolzarb vazifa sifatida belgilandi.