Kitoblar ro'yxatiga qaytish
Iltimos, avval talaba sifatida tizimga kiring.
AN'ANAVIY  nOIRA IJROCHILIGI  o 'quv qo 'llanma
E-Kitob 1 ko'rish

AN'ANAVIY nOIRA IJROCHILIGI o 'quv qo 'llanma

Muallif: RAHMATULLA SAMADOV

Nashriyot TOSHKENT - 2004
Nashr yili 2004
Tili uzbek
Toifalari Sa'nat va Haykaltaroshlik

Tavsifi

Ijrochilik omili azal-azaldan xalqlar milliy an'analarining avloddan-avlodga o'tishdagi jonli jarayon bo'lib kelgan. Shu bilan birga milliy ma'naviyat negizidagi bir qator urf-odatlar va qadriyatlarning tarkibiy qismi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etgan. Ularning rang-barangligi, ko'p xilliligi ham shundadir. Shuningdek, o'tmishdan juda ko'p o'zga sohalarning peshqadam namoyondalari cholg'u ijrochiligidan xabardor bo'lganlar. Shu boisdan ular o'z asarlarida o'zlari yashagan zamon cholg'u ijrochiligi, cholg'ulari, cholg'uchi va xonandalari haqida fikr yozish bilan birga, yirik tadqiqotlar ham olib borganlar. Al-Farobiy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Abulqosim Firdavsiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Abdurauf Fitrat kabi o'tmish olimlari shular jumlasidandir. Hozirgi davrda mavjud musiqiy cholg'ularning o'quv tizimidagi sabog'ini joriy qilish yo'lida bir qator o'quv va uslubiy qo'llanmalar yaratilgan. Shuningdek, zarbli cholg'u doira sinfi bo'yicha ham. Doira ijrochiligi - cholg'uchilik jarayonidagi ikki muhim nuqtalardan biridir. Shu bois, har qanday musiqa (badihaga asoslanganlari bundan mustasno) doira zarblari bilan to'laqonlidir.