Muallif: M. K. RASULOVA
Ushbu o‘quv qo‘llanma Yengil sanoat kasb-hunar kolleji o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda tikuv buyumlarining assortimenti haqida umumiy ma‘lumotlar, tikuv buyumlari ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari bosqichlari, tikuv buyumlari detallarini ip bilan, yelimlab va payvandlab biriktirish usullari, tikuv buyum detallariga namlab-isitib ishlov berish, ustki kiyim uzellariga ishlov berish texnologiyalari yoritilgan.