Muallif: UBAYDULLAYEVA RA’NO AXMADALIYEVNA
Jahon tilshunosligi tarixida XX asr so’nggi choragi til tadqiqiga antropotsentrizm g‘oyalarining kirib kelishi davri sanaladi. Bu davr tilshunosligida insonga xos shaxsiy sifatlar: olam haqidagi bilim va tasavvurlari, ijtimoiy-siyosiy qarashlari, ruhiyati, madaniyatining nutqida aks etishi masalasini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.