Muallif: PAZILJANOVA ZULFIYA SABIRJANOVNA
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Dunyo miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ilm-fan sohasidagi o‘zgarishlarni modernizatsiyalash mexanizmlari amaliyotga tatbiq etilmoqda. Ta’limning muhim vositasi sifatida yangi avlod darsliklarini yaratish, shaxsga yo‘naltirilgan zamonaviy didaktik ta’minotga ega, yoshlarning til bilish kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan darsliklarni yaratishga ehtiyoj mavjudligi ilmiy asoslanmoqda. UNESCO, OECD va boshqa xalqaro tashkilotlar ta’lim jarayonida zamonaviy fikrlashni rivojlantirishni ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etmoqda1. Ayniqsa, xalqaro baholash dasturlariga muvofiq talabalarda tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish imkonini beradigan darsliklar yaratish texnologiyasini takomillashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda