Muallif: FAYZULLAYEV MAQSUD ABDULLAYEVICH
Darslik jahon xo'jaligi geografiyasi bo'yicha jahon xo'jaligi, uning hududiy tuzilishi va faoliyatiga predmet va hududiy yondashuvlarni o'zida mujassamlashtirgan yaxlit fan sifatidagi eng so'nggi ma'lumotlarga muvofiq yozilgan. Unda butun jahon iqtisodiyoti va uning asosiy tarmoqlari geografiyasidagi zamonaviy oʻzgarishlar (ilmiy-texnik inqilob, integratsiya jarayonlari, shuningdek, xom ashyo, energetika va umumiy iqtisodiy inqirozlar, insoniyatning global muammolari, birinchi navbatda, ekologik muammolar) hisobga olingan holda jahon xoʻjalik tizimini shakllantirish masalalari, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni joylashtirishning klassik nazariyasi, jahon qishloq xoʻjaligi, sanoat, transport tarmoqlarini hududiy hududiy tashkil etish asoslari izchil yoritilgan.