Muallif: Sh. S. Zokirov X. R. Toshov
Universitetlarning geografiya yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar va yosh tadqiqotchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan ushbu o‘quv qo‘llanmada tabiiy geografiyaning o‘rganish obyekti, predmeti va ularning xususiyatidan kelib chiqqan holda fanning tarmoqlanishi ilmiy tahlil qilingan. Hozirgi zamon landshaftshunosligiga oid bo‘lgan landshaftlarning tuzilishi, dinamikasi, rivojlanishi, maxsus faoliyati, barqarorligi, shuningdek, antropogen hamda amaliy landshaftshunoslik masalalariga taalluqli mavzular bayon etilgan