Kitoblar ro'yxatiga qaytish
O‘ZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUG‘ATI Birinchi nashr
E-Kitob 3 ko'rish

O‘ZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUG‘ATI Birinchi nashr

Muallif: A.K.Qirg‘izboyev

Nashriyot Toshkent
Nashr yili 2022
Tili uzbek
Toifalari Geografiya, Geografiya va Arxeologiya Geologiya, O'quv qo'llanma

Tavsifi

O‘zbekiston Respublikasidagi joy nomlari nihoyatda ko‘p va rang-barang bo‘lib, ular mazmunan boy hamda tarixiy sanaladi. Mazkur lug‘atda katta obyektlar, tarixiy va ayrim zamonaviy nomlar jamlangan. Asosiy maqsad, ushbu joy nomlarining ma’nolarini aniqlash va belgilab olish hamda kelgusida shu sohada ilmiy-tadqiqot olib boruvchi izlanuvchilar uchun zamin hozirlash, eng asosiysi, yoshlarga mazkur nomlarning ma’nolarini bekam-u ko‘st yetkazishdan iborat. Ayni paytda, ushbu kitob joy nomlarining lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvida yozilishi har bir kitobxonga, qolaversa, rasmiy idoralar va tashkilotlarga ko‘mak beradi. Mazkur lug‘at O‘zbekiston Toponimika jamiyatining yig‘ilishida muhokama qilinib, 2021-yilning 30-sentabrida 1-sonli bayoni bilan nashrga tavsiya etilgan.