Kitoblar ro'yxatiga qaytish
MUHANDISLIK GEODEZIYASI
E-Kitob 2 ko'rish

MUHANDISLIK GEODEZIYASI

Muallif: E.X.ISAKOV, U.T.TOJIYEV, Gʻ.N.ALIQULOV

Nashriyot Toshkent
Nashr yili 2021
Tili uzbek
Toifalari Muhandislik va Texnika Elektronika Robototexnika Materialshunoslik, O'quv qo'llanma

Tavsifi

Mazkur oʻquv qo'llanma turdosh oliy oʻquv yurtlarining 5311500-Geodeziya, kartografiya va kadastr, 5340200-Bino va inshootlar qurilishi, 5340800 - Avtomobil yo'llari va aerodromlar, 5340300-Shahar qurilishi va xoʻjaligi, 5340400- Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi, 5340100 - Arxitektura, 5341000 - Qishloq hududlarini arxitekturaviy loyihasini tashkil etish ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tahsil olayotgan talabalarga moʻljallangan. "Muhandislik geodeziyasi" fanidan tasdiqlangan dastur asosida yozilgan boʻlib, unda fanning shakllanish va rivojlanish bosqichlari, maqsadi va vazifalari, yerning shakli hamda oʻlchamlarini aniqlash, oriyentrlash, an'anaviy va elektron geodezik asboblar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Geodezik oʻlchashlar turlari, oʻlchash asboblari va ularda joyning syomkalarini bajarish, natijalarni ishlab chiqib plan, profillarni tuzish masalalari, bino-inshootlar qurilishi uchun muhandislik-geodezik qidiruvlar, raqamli, fotografik va boshqa shakllardagi topografik (muhandisliktopografik) planlarni hamda kadastr planlarini yangilash, geodezik ishlarda mehnat xavfsizligi qoidalari va korxona iqtisodiyoti masalalari atroflicha bayon qilingan va yoritilgan. Oʻquv qoʻllanma namunaviy fan dasturlariga mos, DTS hamda nizom talablaridan kelib chiqib tayyorlangan.