Kitoblar ro'yxatiga qaytish
Iltimos, avval talaba sifatida tizimga kiring.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I
E-Kitob 10 ko'rish

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I

Muallif: M.X. RUSTAMBAYEV

Nashriyot Toshkent
Nashr yili 2018
Tili uzbek
Toifalari Darslik, Huquq

Tavsifi

Mazkur darslik Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga 2018 yil 1 noyabrgacha kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartishlar inobatga olingan holda tayyorlangan. Unda amaldagi qonun hujjatlari, tergov va sud amaliyoti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari asosida jinoyat huquqining Umumiy va Maxsus qismi masalalari yoritilgan. Darslik besh tomdan iborat. Birinchi va ikkinchi tomlar JKning Umumiy qismiga bagʻishlangan. Birinchi tomida jinoyat qonuni va jinoyat toʻgʻrisidagi ta’limot masalalari yoritilgan. Ikkinchisida jazo, javobgarlik va jazodan ozod qilish, jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralari yoritilgan. Uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi tomlar JKning Maxsus qismi normalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun javobgarlik masalalariga bagʻishlangan. Muallif tomonidan barcha jinoyatlar tarkibining belgilari tahlil qilingan, ularni kvalifikatsiya qilish masalalari, oʻxshash jinoyatlar tarkiblarini farqlash muammolari koʻrib chiqilgan. Darslik yuridik oliy oʻquv muassasalari bakalavr va magistrlari, Bosh prokuratura Akademiyasi tinglovchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Milily gvardiyasi Harbiy-texnik instituti kursantlari, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi tinglovchilari, oʻqituvchilarga moʻljallangan, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va jinoyat huquqi muammolari bilan qiziquvchi shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin