Muallif: Yu.A.Ergasheva, R.E.Xoliqova, P.Xoliqulov
Darslik о‘zbekistonning eng yangi tarixi fani bо‘yicha namunaviy о‘quv dasturiga muvofiq, katta faktik material asosida, tarix fanidagi sо‘nggi yangiliklar, yutuqlarini hisobga olgan holda mavzular ochib berilgan. Darslikda talabalarning tarixiy va falsafiy jihatdan, vatanparvarlik, milliy–ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirish bо‘yicha asoslar berilgan. Darslikda bayon qilingan davr davlatchilik, fuqarolik jamiyati va uning rivojlanishiga omil bо‘lgan shart–sharoitlarni va uni belgilovchi holatlarni о‘zlashtirishga imkon beradi. Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida о‘zbekistondagi ijtimoiy– iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlanish jarayonlari bayon qilingan. Darslik vatanimiz tarixining mustaqillik davrini о‘rganish bо‘yicha muhim manba bо‘lib xizmat qilishi shubhasiz. Darslik oliy о‘quv yurtlari talabalari, shuningdek mamlakatimiz mustaqillik davri tarixi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar foydalanishi uchun mо‘ljallangan.